Shu kunlarda aralash qoidalar bo`yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov BAAning Dubay shahrida bo`lib turibdi.
Xabaringiz bor, rossiyalik jahon chempioni mana bir necha kundirki, dunyo bo`ylab turne o`tkazmoqda. Bundan avval u Afrika davlatlari hamda Bahraynda bo`lgandi.
Dubaydagi turneda Nurmagomedovga boks bo`yicha ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Badu Jek hamrohlik qilyapti.






