2018 yilning uchinchi choragida «UZ» domenida joylashgan saytlarga 308 marta xuruj uyushtirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ma`lum qildi, deya xabar beradi «Xalq so`zi».
Bundan 184 tasi saytlarning bosh sahifasini o`zgartirish, 119 tasi esa ularga begona axborotni joylashtirishga urinish bilan bog`liq.
Ma`lumot uchun, bunday urinishlarga chek qo`yish maqsadida Prezidentning «Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori bilan O`zbekistonda Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi hamda «Texnik ko`maklashish markazi» DUK faoliyati yo`lga qo`yiladi.






