AsosiyJinoyat

Surxondaryoda eshiklari ochiq holda qoldirilgan "Nexia"ni mast odam olib qochdi

'Surxondaryoda eshiklari ochiq holda qoldirilgan "Nexia"ni mast odam olib qochdi'ning rasmi

Joriy yilning 26 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi F.P. mast holda «Dena» savdo do`koni oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan «Namuna» mahallasida yashovchi Z.H. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasini haydab qochgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lumotiga tayanib, O`zA xabar bermoqda.

Ko`rilgan choralar natijasida F.P. avtomashinani «Nurli manzil» mahallasi Bog`i baland ko`chasida haydab ketayotgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar