AsosiyJamiyat

Bojxonadan olib o`tilayotgan "tomoq dorisi" asli kokain ekan

'Bojxonadan olib o`tilayotgan "tomoq dorisi" asli kokain ekan'ning rasmi

“Toshkent-Aero” IBKning “Toshkent xalqaro aeroport” chegara bojxona posti inspektorlari, kontrabandaga qarshi kurash bo`limi va Aviasiya xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.

Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati ma`lum qilishicha, “Toshkent-Moskva-Milan” yo`nalishi bo`yicha uchib ketayotgan xorijiy davlat fuqarosi S.B umumiy uchib ketish zalidagi “yashil” yo`lak orqali harakatlanayotgan vaqtda unga tegishli bo`lgan qo`l yuklari belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Natijada uning ichida sigaret qutisiga yashirilgan 1 dona shisha flakonga solingan oq rangli, taxminan og`irligi (idishi bilan) 10 gramm bo`lgan kukunsimon modda hamda 1 dona metall trubka va 1 dona plastik karta borligi aniqlandi.

Bojxona xodimlarining ushbu kukunsimon moddaning nima ekanligi haqidagi og`zaki so`roviga fuqaro tomoq dorisi ekanligini aytgan. So`ngra boshqa buyumlar sigaret qutisi ichidan chiqqach, fuqaro ularning kelib chiqishi haqida bilmasligini va ushbu buyumlar unga tegishli emasligini bildirgan.

Shundan so`ng, bojxona xodimlari tomonidan oq rangli modda hamda buyumlar ekspertiza uchun musodara qilinib, fuqaro ishtirokida bu haqida tegishli bayonnoma tuzildi.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar