"O`zbekiston havo yo`llari" MAK 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar e`lon qildi.
Bayram chegirmalari:
Individual (bir kishi) yo`lovchilarga — 30%;
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi tegishli o`quv muassasalari tinglovchilari, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab, kollejlar, liseylar o`quvchilari va universitetlarning talabalari uchun — 40%;
Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri, rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) — 50%;
Pensionerlar va nogironligi bo`lgan shaxslarga — 50%;
1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, Front ortidagi fidokorona mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun — 50%;
Chernobil AESi falokati oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar — 50%.






