Yangi Zelandiyaning Styuart oroli qirg`og`iga kamida 145 ta grind delfini o`zini otgan, deya xabar berdi İnforeactor.ru nashri.
Jonivorlar sohildan topilganda ularning ko`pi halok bo`lgan edi. Delfinlarning qolganlarini maxsus vosita yordamida o`ldirishga majbur bo`lishdi. Sababi – ularni suvga qaytarishning va hayotini saqlab qolishning iloji yo`qligi xabar qilimoqda. Yangi Zelandiyada kitlar va delfinlar o`zini qirg`oqqa otish kabi holatlar tez-tez sodir bo`ladi. Mutaxassislarning fikricha, agar bitta delfin o`zini qirg`oqqa otsa, to`dadagi boshqalar unga yordam berishga harakat qilishadi va oxir-oqibat, ularning barchasi qurbon bo`ladi.






