Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 noyabr kuni Kremlda sport va madaniyat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
Taqdirlanganlar orasida o`zbekistonlik ishbilarmon Alisher Usmonov va uning rafiqasi Irina Viner-Usmanova ham bor.
Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonova “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” III va II darajali ordenlari bilan taqdirlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Viner-Usmonovaning badiiy gimnastika bo`yicha Rossiya terma jamoasi oldidagi xizmatlarini alohida ta`kidlab o`tdi. Irina Viner-Usmonova badiiy gimnastika bo`yicha Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, artistlar Inna Churikova va Aleksandr Zbruev, qo`shiqchi Lev Leshenko va sport murabbiyi Oleg Znarok davlat mukofotiga sazovor bo`lishgan. Kosmonavt-sinovchi Sergey Rijikovga Rossiya faxrli uchuvchi-kosmonavti va Rossiya qahramoni unvoni berildi.






