AsosiyJamiyat

28 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'28 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 11-13 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar