AsosiyJamiyat

"O`zbektelekom" internet bo`yicha hisobot beradi

'"O`zbektelekom" internet bo`yicha hisobot beradi'ning rasmi

“O`ztelekom” O`zbekiston prezidentining internet tarmog`iga chiqish narxlarini pasaytirish va ulanish tezligini oshirish to`g`risidagi topshiriqlarini bajarish bo`yicha hisobotini taqdim etadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar qildi. 2020 yilga kelib ulanish tezligi MDH davlatlari darajasigacha ko`tarish maqsad qilib qo`yilgan.

O`tgan 10 oy mobaynida "O`zbektelekom" AKda zarur bo`lgan yaxshilanishlar tizimli tahlil qilindi, kerakli qurilmalar sotib olindi, dastur-jadval ishlab chiqilib, tashqi kanal o`tkazish imkoniyatlarini kengaytirish va operatorlar, provayderlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun Internetga chiqish tezligini oshirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.

“Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari o`rtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma bo`lib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovasion rivojlanish haqida so`zlash mumkin emas”, - deyilgan xabarda.

Kompaniya tomonidan telegram-bot ishga tushirildi, bu erda Kompaniyaga bajargan ishlar haqida har qanday savol berish mumkin. Eng yaxshi savollar mualliflari ushbu tadbirga taklif etiladi.

    Boshqa yangiliklar