AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlari shayligi tekshiruvining birinchi kuni

'O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlari shayligi tekshiruvining birinchi kuni'ning rasmi

Bugun, erta tongda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlarining jangovar shayligini tekshirish bo`yicha majmuaviy tadbirlar boshlandi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoevning farmoyishiga binoan bugun, 26 noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo`shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun keng ko`lamli o`quv mashg`ulotlari boshlandi. Unga asosan Mudofaa vazirligi qo`shinlari «Trevoga!» signali bo`yicha ko`tarildi. Ushbu o`quv mashg`uloti 30 noyabrga qadar, besh kun davomida o`tkaziladi. Unda Mudofaa vazirligining barcha qo`shinlari qatnashmoqda.

1.jpg

Qo`qqisdan tekshiruvning asosiy maqsadi — joriy yil davomida Mudofaa vazirligi qo`shinlari va boshqaruv organlarida amalga oshirilgan ishlarni baholash hamda tahlil qilishdan iborat. Qo`shinlar qo`llanilishi bo`yicha tegishli vazifalarni belgilangan muddat ichida bajarishlari, ya`ni harbiy xizmatchilarning o`quv-jangovar topshiriqlarni amalga oshirishi va nostandart qarorlarni qabul qilishga tayyor ekanliklarini ko`rsatishlari lozim.
2.jpg

Bunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekshirilgan. Bu kabi keng ko`lamli qo`qqisdan tekshiruvlar O`zbekiston armiyasida avval o`tkazilmagan.

3.jpg

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig`i tomonidan vazifalar belgilab berildi va harbiy okrug qo`mondonliklariga etkazildi. Shundan so`ng, stasionar boshqaruv punktlari tashkil etildi va unda amaliy ishlar boshlab yuborildi, harbiy okruglarning mobil boshqaruv punktlari o`z ishini boshladi.

5.jpg

Bunda asosiy e`tibor qo`shinlarni barqaror va uzluksiz boshqarishni tashkil etish hamda qo`llab-quvvatlashga qaratilgan. Tekshiruvning ushbu bosqichida xavfsizlik qoidalariga, harbiy texnika va qurollarning sozligiga qat`iy rioya qilindi.

6.jpg

Qo`qqisdan tekshiruv davomida qo`shinlar harakati ustidan nazorat va tahlilni maxsus tuzilgan Hukumatlararo ishchi komissiyasi olib bormoqda.
Signal qo`qqisdan berilgan bo`lsa-da, qo`shinlarni shoshirib qo`ymadi. O`quv yili davomida qo`qqisdan bo`ladigan tadbirlar bo`yicha o`tkazilgan mashg`ulotlar harbiy xizmatchilarda eng mas`uliyatli vaziyatlarda jangovar shay holatga tayyor turishini ta`minladi.

7.jpg

Bugun, O`zbekiston Mudofaa vazirligi qo`shinlari avto hamda zirhli texnika vositalari tarkibida belgilangan hududlarga kolonna shaklida marshni amalga oshirdi. Harbiylarning ma`naviy va psixologik holati barqaror, shaxsiy tarkib keyingi vazifalarni bajarishga tayyor turibdi.

8.jpg

    Boshqa yangiliklar