AsosiyJamiyat

"Lasetti" harbiy yuk avtomobili bilan to`qnashdi, 3 kishi halok bo`ldi

'"Lasetti" harbiy yuk avtomobili bilan to`qnashdi, 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 26 noyabr kuni soat taxminan 08:05da Shahrisabz — Qarshi avtomobil yo`lida harbiy kolonna va «Lasetti» avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlarining jangovar shayligini to`satdan to`liq tekshirish rejasiga muvofiq, harbiy avtomobillar kolonnasi mashg`ulotlar o`tkaziladigan hududga yo`l olayotgan bo`lgan. Yuqorida ko`rsatilgan yo`l kesishuvidagi harakat harbiy avtomobil inspeksiyasi xodimlari tomonidan tartibga solingan.

«Inspektorlarning harakatni taqiqlovchi ko`rsatmasiga qaramay, «Lasetti» harakatlanishda davom etgan. Natijada «ZIL-131» markali harbiy yuk avtomobili bilan to`qnashuv yuz berdi. Uch kishi - engil avtomobil haydovchisi va ikki yo`lovchisi halok bo`ldi, «Lasetti»ning yana bir yo`lovchisi jarohat oldi», - deyiladi xabarda.

Jabrlanuvchiga o`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatildi, uning ahvoli barqaror va hayotiga xavf soladigan narsa hech narsa yo`q.

Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonda Prezident farmoyishi bilan jangovar shaylikni tekshirish maqsadida mashg`ulotlar boshlangani xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar