AsosiyJinoyat

Surxondaryoda Zulfiya mukofoti uchun pora so`ragan ayol qo`lga olindi

'Surxondaryoda Zulfiya mukofoti uchun pora so`ragan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o`tkazilgan ko`rik-tanlovning Termiz shahar bosqichida nomzodni viloyat bosqichiga o`tkazish evaziga 200 AQSh dollari so`ragan shaxs pora olayotganda qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Pora olgan ayol Termiz shahar xalq ta`limi bo`limining ma`naviy-axloqiy, tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho``basi mudiri vazifasida ishlab kelgan. U ismi oshkor etilmagan fuqaroga qizini Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o`tkazilgan ko`rik tanlovning shahar bosqichidan viloyat bosqichiga o`tkazib berishga va`da bergan. Buning evaziga 200 AQSh dollari so`ragan.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Termiz tuman bo`limi tomonidan qonunbuzar pora olayotgan vaqtda ushlangan. Unga nisbatan firibgarlik, pora olish va pora berish bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar