AsosiyJamiyat

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istonda yuz bergan YTH bo`yicha ma`lumot berdi

'O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istonda yuz bergan YTH bo`yicha ma`lumot berdi   'ning rasmi

O`zbekiston TIV Qozog`istonning Qizilo`rda oblasti hududida salonida o`zbekistonliklar bo`lgan avtobus bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi to`g`risida ma`lumot berdi.

Konsullik-huquqiy departamenti ma`lumotiga ko`ra, 22 noyabr kuni soat 20:40da Samara-Chimkent yo`lida “Vanhol” rusumli avtobus bilan yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Avtobus haydovchisi, Qozog`iston fuqarosi S.Boltaboev muzlamada boshqaruvni yo`qotishi oqibatida avtobus ag`darilib ketgan.

Qizilo`rda oblasti Ichki ishlar departamenti Aralsk rayoni IIB ma`lumot berishicha, avtobusda 36 kishi bo`lib, shundan 34 nafari O`zbekiston va ikki nafari Qozog`iston fuqarolari bo`lgan.

1986 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Zokir Ro`zimuratovich Ahrorov olgan jarohatlari sababli Aralsk rayoni shifoxonasida vafot etgan.

O`zbekiston fuqarolari O.Abdukarimov, I.Ma`murov, A.Samiboev, N.Asqarov, R.Maxmarizaev, K.Mamadaliev, R.To`raboev engil darajada tan jarohati olgan va ularga zarur tibbiy yordam ko`rsatilgan. O`zbekistonning qolgan fuqarolari “Sayaxat” mehmonxonasiga joylashtirilgan.

“O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi va Almati shahridagi Bosh konsulligi jabrlanganlarga zarur yordamni ko`rsatmoqda. Qolgan barcha O`zbekiston fuqarolari YTH bo`yicha rasmiylashtirish ishlari yakunlanganidan so`ng yaqin vaqt ichida avtobusda O`zbekiston chegarasiga olib kelinadi”, - deyilgan TIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar