O`zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasi boshqaruvi raisi Shuhrat Jalilov O`zbekiston xalq shoiri Shukrulloga I darajali (oltin) «Mehnat faxriysi» ko`krak nishonini topshirdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Shukrullo mamlakat shoir va yozuvchilari orasida «Nuroniy» jamg`armasining ana shunday ko`krak nishoni bilan taqdirlangan ilk qalamkash bo`ldi.
Shuhrat Jalilov boshchiligidagi «Nuroniy» jamg`armasi faollari O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboev xonadonida bo`lib, unga ham I darajali (oltin) «Mehnat faxriysi» ko`krak nishonini topshirdi.
Endi ularning xonadoni eshigida buni bildiruvchi belgi o`rnatiladi.






