AsosiyJamiyat

«9 rota» filmining aktyori PROlogue xalqaro kinofestivalining yopilish marosimiga tashrif buyuradi

'«9 rota» filmining aktyori PROlogue xalqaro kinofestivalining yopilish marosimiga tashrif buyuradi'ning rasmi

Rossiya teleseriallari yulduzi, kinoaktyor Mixail Porechenkov IV PROlogue xalqaro kinofestivalining faxriy mehmonlari ro`yxatidan joy oldi.

Kinofestival direksiyasidan ma`lum qilinishicha, Mixail Porechenkov boshqa kinoyulduzlar qatorida tadbirning tantanali yopilish marosimida qatnashadi.

Rossiyalik teatr va kino aktyori, kinorejissyor, ssenarist, prodyuser, teleboshlovchi Mixail Porechenkov 1969 yil 2 martda Sankt-Peterburgda tug`ilgan. Aktyor «Agent nasionalnoy bezopasnosti» serialidagi bosh roli – Aleksey Nikolaev orqali mashhurlikka erishgan. O`zbek tomoshabinlariga u Fyodor Bondarchukning O`zbekistonda suratga olingan «9 rota» filmidagi keksa praporshik Digalo qahramoni orqali yaxshi tanish. 2006 yilda Rossiya Federasiyasida xizmat ko`rsatgan artist unvonini olgan.

PROlogue xalqaro kinofestivali 27 – 30 noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadi. Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, to`liq va qisqa metrajli badiiy filmlar hamda milliy qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun 280 dan ortiq ish kelib tushgan. Qozog`iston, Isroil, Eron, Ukraina, AQSh, Peru singari 60 dan ortiq davlatlarning kino olami vakillari PROlogue kinofestivalida qatnashish istagini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar