O`zbekistonda qor-yomg`irli kunlar boshlandi, deb yozadi O`zA.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 noyabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, 25 noyabrda kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq; 26—27 noyabr kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, 24 noyabrda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin, 25 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 26—27 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 24 noyabrda ba`zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 noyabrda kechasi va kunduzi 5—10 daraja iliq, 25 noyabrda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo`ladi. 26 noyabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq, 27 noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi. 24 noyabrda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 25 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 26—27 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 24 noyabrda ba`zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 noyabrda kechasi va kunduzi 5—10 daraja iliq, 25 noyabr kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, ba`zi joylarda 10 darajagacha iliq, 26 noyabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo`ladi. 27 noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, 24 noyabrda yomg`ir yog`adi, 25 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, 26—27 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 noyabrda kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq, 25 noyabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq, 26 noyabr kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq, 27 noyabrda kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, 24 va 27 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 25—26 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 23—24 noyabrda ba`zi joylarda kuchayishi mumkin. Harorat 24 noyabrda kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq; 25 noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq, 26 noyabr kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq, 27 noyabrda kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, 24 va 27 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 25—26 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 noyabrda kechasi va kunduzi 6—11 daraja iliq, 25 noyabrda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq, 26—27 noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, faqat 25 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 24 noyabrda ba`zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuqdan 4—9 daraja sovuqqacha, kunduzi 2—7 daraja iliqdan 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha o`zgarib turadi.






