AsosiySport

Oksana Chusovitina jahon kubogida finalga yo`l oldi

'Oksana Chusovitina jahon kubogida finalga yo`l oldi'ning rasmi

Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo`yicha jahon kubogi o`tkazilmoqda. Musobaqada sportchilarimiz Oksana Chusovitina hamda Sabina Turobova yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina o`zining sevimli yo`nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,416 ball bilan uchinchi natijani ko`rsatdi va finalga yo`l oldi. Endi hamyurtimiz ertaga medallar uchun startga chiqadi. Bu borada Braziliya vakilasi Rebeka Adrade (14,766) birinchi bo`ldi. Ikkinchi natijani esa AQSh sportchisi Jeyd Keri (14,483) ko`rsatdi.

Brus mashqlarida qatnashgan Sabina Turobova esa 8,708 ball bilan 25-o`rindan joy oldi.

    Boshqa yangiliklar