AQShning Kaliforniya shtati endi yana bir tabiiy ofat qurshovida qolmoqda, deya ma`lum qildi Ria.ru nashri.
Shiddatli yomg`irlar bir tarafdan yong`inni bartaraf etishga yordam bersa, boshqa tomondan suv toshqinlarini keltirib chiqarishi mumkin. Hozirda shtatning shimoliy hududlarida joylarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Yomg`ir esa qudiruv-qutqaruv jarayonini qiyinlashtiryapti. Shamol tezligi esa soatiga 70 km.ga etgan. Ma`lumot sifatida aytish mumkinki, Kaliforniyada ommaviy yong`inlar sabab qurbon bo`lganlar soni 81 nafarni tashkil etadi.






