AQShning Chikago shahridagi eng baland “Xenkok-sentra” osmono`par binosida 6 kishi lift ichida qamalib qoldi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.
Lift 95 qavatdan pastga qulashni boshlagan va binoning 11-qavatida to`xtab qoldi. Xabarlarga qaraganda, nosozlikka liftni harakatlantiruvchi kabellardan biri portlab ketgani sabab bo`lgan. Odamlar ichkarida 3 soatdan ortiq qolib ketishga majbur bo`lishdi. Shundan so`ng favqulodda vaziyatlar xodimlari odamlarni qiyinchilik bilan evakuvasiya qilishdi.






