22-25 noyabr kunlari Jenevada xalqaro «4 day de jeneve» reyting musobaqasi o`tkazilmoqda. Bahslarda jahonning eng kuchli 16 nafar sportchisi ishtirok etmoqda.
Musobaqada yurtimiz sharafini Olga Zabelinskaya himoya qilmoqda. Bellashuvlarning dastlabki kunida sportchimiz Omnium dasturining trek yo`nalishida ikkinchi o`rinni egalladi.
Ma`lumot uchun, Olga Zabelinskaya Olimpiya o`yinlarining uch karra sovrindori hisoblanadi. U Londonda o`tgan o`yinlarda ikkita bronza, Rio mezbonlik qilgan Olimpiadada esa kumush medalga sazovor bo`lgan.






