AsosiySport

Shaxmat. O`zbekiston G`arbiy Osiyo chempionatida birinchi bo`ldi

'Shaxmat. O`zbekiston G`arbiy Osiyo chempionatida birinchi bo`ldi'ning rasmi

16-22 noyabr kunlari Toshkent shahri shaxmat bo`yicha 6,8,10,12,14,16,18 va 20 yoshgacha bo`lgan shaxmatchilar o`rtasidagi G`arbiy Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Qizg`in kechgan bahslar yakuniga ko`ra shaxmatchilarimiz standart, rapid va blis yo`nalishlarida 91 ta medalga ega chiqishdi. Ularning 26 tasi oltin medal ekanligi diqqatga sazovordir.

Shuningdek, hamyurtlarimiz standart yo`nalishida 28 ta medalni qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladilar.

Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni mos ravishda Qozog`iston va Eron terma jamoalari band etdilar.

Ma`lumot uchun, musobaqada qit`amizning 11 mamlakatidan 300 nafarga yaqin yosh shaxmatchi ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar