AsosiyJamiyat

Mamlakatimizdagi teleradio peshqadamlarini vaqt belgilaydi

'Mamlakatimizdagi teleradio peshqadamlarini vaqt belgilaydi'ning rasmi

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan har yili ana`anaviy tarzda o`tkaziladigan “Ozod yurt to`lqinlari” media festivali mamlakatimizdagi eng yaxshi nodavlat teleradiokompaniyalarni aniqladi. Ushbu festival O`zEOAVMA 15 yilligi bilan hamohang tarzda tashkil etildi.

“Ozod yurt to`lqinlari” media festivali televidenie va radio sohasida erishgan yutuqlari,mamlakatimizda sohani rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun beriladigan mukofotdir.

Bu yil mukofot 12 ta tele-radiostansiya uchun quyidagi nominasiyalar bo`yicha berildi:

“Innovasion yondashuv uchun”:

- O`zbekistonda zamonaviy media makon taraqqiyotiga qo`shgan hissasi hamda teledasturlarni tayyorlashda yuqori rivojlangan raqamli texnologiyalar vositasida innovasion va kreativ yondashuv uchun – “Zo`r-TV”;

- Aholini, xususan yoshlar auditoriyasini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi islohotlar bilan tanishtirishda innovasion va kreativ yondashuv uchun “O`zbegim taronasi” radiostansiyasi;

“Oilaviy qadriyatlar doim trendda” g`oyasini ilgari surgani uchun:

- Jamiyatimizda oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda namunali oila mezonlarini joriy etish sohasini keng yoritishdagi faol ishtiroki uchun “Sevimli” telekanali;

- Mamlakatimizda oilalarning mustahkamligini ta`minlash, milliy an`analarni asrab-avaylash orqali oilaviy qadriyatlarni targ`ib etishdagi faolligi uchun “Oriat FM”;

“Tezkor, aniq, batafsil” axborot tarqatgani uchun:

- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarni, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni faol yoritgani uchun “UzReport-TV”;

- O`zbekistonda turli jabhalarda yuz berayotgan yangilanishlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi islohotlar, mamlakatimizning jahon iqtisodiy-siyosiy maydonidagi nufuzini oshirishga qaratilgan axborot dasturlarini tayyorlashdagi faolligi uchun “Poytaxt” radiostansiyasi;

“Markazda yoshlar” g`oyasini targ`ib etganligi uchun

- O`zbekistonda yoshlar auditoriyasi uchun sifatli media mahsulotlar tayyorlash hamda yoshlarga oid davlat siyosatini yoritishdagi faolligi, yoshlarning jamiyat hayotidagi muhim o`rnini targ`ib etish hamda ularni qo`llab-quvvatlagani uchun “Mening yurtim” telekanali;

- Yoshlar auditoriyasini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi islohotlar bilan tanishtirishda innovasion va kreativ yondashuvi, yoshlarga oid davlat siyosatini yoritishdagi faolligi hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi muhim o`rnini targ`ib etishda qo`shgan hissasi uchun “Nukus FM” radiostansiyasi;

“Hududda etakchi” ommaviy axborot vositasi bo`lganligi uchun:

- O`zbekistonda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni, hududlarda olib borilayotgan yangilanishlarni keng yoritgani hamda teletomoshabinlar auditoriyasi bilan faol interaktiv aloqalarni ta`minlagani uchun Buxoro viloyatining “Istiqlol” telekanali;

- Yurtimizda yuz berayotgan yangilanishlar, amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi islohotlarni yoritgani hamda radiotinglovchilar auditoriyasi bilan faol interaktiv aloqalarni ta`minlagani uchun Farg`ona viloyatining “Ruxsor FM” telekanali;

“O`zbekiston elektron ommaviy vositalari milliy assosiasiyasining eng yaxshi media loyihalari” targ`iboti uchun:

- Xorijiy jamoatchilikni hamda mamlakatimiz aholisini, ayniqsa, yoshlarni o`zbek xalqining bebaho ma`naviy boyligi bilan keng tanishtirish, buyuk o`zbek olimlarining jahon tamadduni rivojiga qo`shgan hissasini chuqur o`rganish, chet ellardagi O`zbekistonga oid madaniy boyliklar haqida to`liq ma`lumotlar bazasi yaratish hamda mamlakatning sayyohlik salohiyatini yanada oshirishdagi hissasi uchun “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” media loyihasi;

- Yoshlarni ommaviy axborot vositalari sohasiga keng jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish, nodavlat teleradiostansiyalar uchun malakali kadrlar zahirasini yaratish, yosh mutaxassislarni ish bilan ta`minlash yo`nalishidagi hissasi uchun “Yoshlar studiyasi” loyihasi taqdirlandi.

Bu yil O`zEOAVMA Ekspertlar Kengashi “Ozod yurt to`qinlari” media-festivali g`oliblarini aniqlashda “Kantar TNS” teleeshittirishlari bo`yicha olib borgan tadqiqotlar natijalarini hisobga oldi, deydi O`zEOAVMA Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov. – Bu esa o`z navbatida mamlakat televidenie industriyasi va milliy reklama bozori uchun muhim yangilik. Noyabr oyining birinchi yarmidagi tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatdiki, “Zo`r-TV”, “Sevimli-TV”, “Mening yurtim” nodavlat telekanallari tomoshabinlar tomonidan eng ko`p ko`rilgan kanallar sifatida etakchilik qildi. Yangilik va axborot segmentida esa O`zEOAVMAning “Zamon” axborot-tahliliy dasturi hamda “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturlari yuqoriladi.

Festival davomida bir qator jurnalistlar va texnik xodimlar assosiasiya hamkorlari, jumladan, Germaniyaning Konrad Adenauer jamg`armasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, YuNESKO, shuningdek, O`zbekistonning bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar