AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Xalqaro modalar akademiyasi bilan hamkorlikda fakultet tashkil etiladi

'O`zbekistonda Xalqaro modalar akademiyasi bilan hamkorlikda fakultet tashkil etiladi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Madjidov Parijdagi Xalqaro modalar akademiyasi Prezidenti Jan-Fillip Vaklyuer rahbarligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda oliy ta`lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha qo`shma dasturlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti bilan hamkorlikda fakultet ochish hamda 2019/2020 o`quv yilidan qabulni amalga oshirish rejalashtirildi.

    Boshqa yangiliklar