AsosiyJamiyat

Oqdaryodagi korxona oshxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi

'Oqdaryodagi korxona oshxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Oqdaryo tuman bo`limi xodimlari tomonidan “Navro`z” mahallasida yashovchi fuqaro B.Uroqovga tegishli savdo ishlab chiqarish korxonasiga qarashli oshxonasida tekshirishda noqonuniy holat aniqlandi.

Bu erda elektr energiyasi foydalanish talablarini qo`pol ravishda buzib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga 3 dona har birining quvvati
1,2 kVtdan bo`lgan muzlatgich, 1 dona quvvati 1,5 kVtli go`sht qiymalagich, 1 dona 2 kVtli tok pechka, 1 dona 1,2 kVtli tefal, 4 dona 200 vttli lampochka, 26 ta quvvati 0,6 kVt bo`lgan rozetka, 4 dona 3 kVt quvvatli kondisioner, 1 dona 1,2 kVtli quritish qurilmasi, 1 dona 2 kVtli mikroto`lqinli pech, 5 dona 0,5 kVtli sovutgich, 1 dona 1,2 kVtli suv nasosi jami quvvati 30,6 bo`lgan elektr uskunalar orqali 874 kun davomida elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelgan.

B.Uroqovning qonunga xilof harakati natijasida Oqdaryo tuman elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga 221 mln. 960 ming so`m miqdorida moddiy zarar etkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Oqdaryo tuman bo`limi tomonidan fuqaro B.Uroqovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar