AsosiySport

Tokio Olimpiadasiga lisenziya qo`lga kiritgan har bir sportchiga 100 million so`m pul mukofoti ajratiladi

'Tokio Olimpiadasiga lisenziya qo`lga kiritgan har bir sportchiga 100 million so`m pul mukofoti ajratiladi'ning rasmi

Milliy olimpiya qo`mitasi O`zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari yo`lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

2020 yilda Tokio mezbonlik qiladigan Olimpiya o`yinlaridagi zafarli ishtirok esa tashkilot oldidagi eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ana shularni hisobga olgan holda, Milliy olimpiya qo`mitasi Yaponiyadagi Olimpiadaga lisenziya qo`lga kiritgan har bir sportchi uchun mukofot puli 100 million so`m etib belgilanganini ma`lum qiladi.

Eslatib o`tamiz, bungacha Indoneziyadagi Osiyo o`yinlarida oltin medalga ega chiqqan tennischimiz Denis Istomin sportchilarimiz ichida birinchi bo`lib Tokio Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritgandi.

Ma`lumki, O`zbekiston Tokio Olimpiadasida medallar soni va sifati bo`yicha ham avvalgi natijalarni yaxshilashni niyat qilgan. Shunday ekan, lisenziyalar soni ham avvalgilarga nisbatan ko`proq bo`lishi lozim. Bunday rag`bat esa sportchilarga yangi ishtiyoq taqdim etishi, ularni yangi-yangi marralar sari chorlashi shubhasizdir.

    Boshqa yangiliklar