Shu yilning 20 noyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanida yashagan D.T.ning tashqi ko`rinishdan jarohatsiz jasadi uyidan topilgan edi.
O`tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, u boshining ichki qismiga etkazilgan jarohatdan vafot etganligi aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida shu yilning 15 noyabr kuni marhum D.T.ning akasi U.T. uyida o`zaro janjal tufayli uni yuzi va boshiga qo`llari bilan urib, jarohat etkazganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






