Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumanida tadbirkorlik bilan noqonuniy shug`ullanib kelgan fuqaroning qariyb 115 million so`mlik mulki ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi ma`lumotiga ko`ra, bu holat boshqarmaning soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan, deb yozmoqda O`zA.
Xo`jayli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Sh.ning noqonuniy ravishda chet elda ishlab chiqarilgan har xil turdagi avtotransport shinalarini sotish bilan shug`ullanib kelganligi ma`lum bo`ldi.
Nazorat tadbirida fuqaro D.Sh.ning jami qiymati 114 million 650 ming so`mlik 12 turdagi shinalari daliliy ashyo sifatida qayd etildi.






