Keyingi 20 yil davomida Piza minorasining og`ish darajasi to`rt santimetrga qisqargan. Bu haqda yodgorlik holatini doimiy kuzatish bilan mashg`ul guruh o`z tadqiqotlarida ma`lum qilgan.
Hozirgi paytda minora yiliga bir millimetrdan ikki millimetrgacha bo`lgan tezlikda og`ib bormoqda.
Kuzatuvchilarning aytishicha, minora 1990-yillarning ikkinchi yarmidagi taxminu farazlarda kutilganidan ko`ra "o`zini juda yaxshi his qilyapti".






