AsosiyJamiyat

Yoshlar media forumida 2019 yilda amalga oshiriladigan eng muhim yangiliklar e`lon qilindi

'Yoshlar media forumida 2019 yilda amalga oshiriladigan eng muhim yangiliklar e`lon qilindi'ning rasmi

«Zarafshon» konsert zalida O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashkil etilganligining 15 yilligi keng nishonlandi.

Mazkur kun munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Yoshlar media forumi tashkil etildi.

Mazkur forumda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboev, O`zEOAVMA Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo`jaev, «Vodiy sadosi» radiostansiyasi bosh muharriri Feruza Abdurahmonovalar spiker sifatida ishtirok etib, bugungi kun jurnalistikasi borasida o`z fikrlarini bildirishdi.

Ayniqsa, 2019-yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti yoshlarning ijodiy faoliyati uchun ko`plab imkoniyatlar eshigini ochayotganidan darak berdi.

Xususan, 2019-yilda har bir hududda yoshlar media markazlari tashkil etilishi hududlardagi yoshlarning jurnalistik qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish uchun minbar ekanligi ta`kidlandi.

Eng asosiy xushxabar videorolikda namoyish etildi. Unga ko`ra, jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan yosh jurnalistlar uchun jurnalistlar stipendiyasi tanlovi e`lon qilindi. Tanlovda O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida, O`zbekiston Milliy universiteti hamda O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining Jurnalistika fakultetlarida o`qiyotgan talaba-jurnalistlar OTM rektor va dekani tavsiyanomasiga binoan ishtirok etishlari mumkin. Har yili eng faol deb topilgan jurnalistlarning 8 nafari Yosh jurnalistlar stipendiyasi sohibi sifatida e`lon qilinadi.

Tadbir yakunida yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ`ib qilish, yoshlar hayotini yoritishda faollik ko`rsatgan bir guruh jurnalistlar: «O`zbekiston 24» telekanalidan Hulkar Bo`rieva, Muslima Omonqulova, «Yoshlar» telekanalidan To`lqin Alibekov, «Mening yurtim»telekanalidan Sarvar Bahodirov, Husnora Sa`dullaeva va «Sevimli» telekanalidan Kamron Alimqulov, Sharofat Mahmudova, «Zo`r TV» telekanalidan Jahongir Xo`jaev, «UzReport TV»dan Gulnoza Husanova, O`zEOAVMA Radio Axborot markazi xodimi Nigora Xo`jaeva, «Ruxsor» radiosidan Ziyovuddin Hakimov, Anhor.uz muxbiri Lobar Islamova, Kun.uz saytidan Maqsud Asqarov hamda Muloqot TV” muxbiri Odil Xo`jaev, «Jizzax TV» vakili Nabijon Ergashev, «S-Iqbol»dan Xayrullo Quronboev, «Ellikqal`a TV» xodimi Tamara Jumaniyozova,«Nasaf TV»dan esa Dilnoza Mamadalieva «Ishonch TV» dan Elyor Go`ro`g`lievlar taqdirlanishdi.

    Boshqa yangiliklar