AsosiyJamiyat

Fotoreportaj: Samarqandda Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi o`tkaziladi

'Fotoreportaj: Samarqandda Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi o`tkaziladi'ning rasmi

Samarqandda 22-23 noyabr kunlari Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi o`tkaziladi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.

Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko`ra, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur xalqaro tadbirga ishtirokchilar kela boshladi.

Jumladan, Rossiya Strategiyalar markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori Aleksandr Sungurov boshliq delegasiya Samarqand shahriga keldi.


Ta`kidlash lozimki, "Zilol-baxt" mehmonxonasida tashkil etilgan Forumga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha viloyat shtabi va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot markazida ish qizg`in. Mehmonxonalarda mutasaddi idoralar mas`ul xodimlaridan iborat guruhlar tashkil etilgan.

Samarqand shahar ko`chalari xalqaro forum ramzi va uning mavzusiga mos ko`rgazmali vositalar bilan bezatilgan.

    Boshqa yangiliklar