AsosiyJamiyat

O`zbekistonda birinchi marta eng samarali faoliyat ko`rsatayotgan olimlar taqdirlanadi

'O`zbekistonda birinchi marta eng samarali faoliyat ko`rsatayotgan olimlar taqdirlanadi'ning rasmi

Yurtimizda ilk marotaba Scopus ilmiy-tahliliy ma`lumotlar bazasi versiyasi bo`yicha eng samarali faoliyat ko`rsatayotgan olimlar taqdirlanadi.

Tantanali taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkentda QS, Times Higher Education kabi dunyoning etakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari va xorijlik mutaxassislar ishtirokida bo`lib o`tadi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham o`tkazilib, unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksasiyalash va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o`rgatish bo`yicha mahorat darslari o`tkaziladi.

Ma`lumot uchun, shu yilning 23 mart kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va Elsevier ilmiy kompaniyasi o`rtasida «Ilm-fan 2020» hamkorlik dasturi imzolangan.

    Boshqa yangiliklar