AsosiyDunyo

Forbes eng ko`p haq to`lanadigan qo`shiqchi ayollarni ma`lum qildi

'Forbes eng ko`p haq to`lanadigan qo`shiqchi ayollarni ma`lum qildi 'ning rasmi

Forbes jurnali yilning eng ko`p haq to`lanadigan qo`shiqchi ayollarini ma`lum qildi, deya ma`lum qildi TASS nashri.

Amerikalik qo`shiqchi Keti Perri ng ko`p haq to`lanadigan qo`shiqchi ayollar ro`yxatida etakchilik qildi. U so`nggi 12 oy ichida 83 mln. dollar ishlab topgan.

Ikkinchi o`rinda 80 mln. dollar bilan qo`shiqchi Teylor Sviftdir.

Uchinchi o`rin esa 60 mln. dollar bilan Beyonsega nasib etgan.

Shuningdek, ro`yxatdan Pink (52 mln. dollar), Lady Gaga (50 mln. dollar), Jennifer Lopes (47 mln. dollar), Rianna (37,5 mln. dollar), Xelena Fisher (32 mln. dollar), Selin Dion (31 mln. dollar) hamda Britni Spirs (30 mln. dollar) ham o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar