Fransiyada “sariq jiletlar” nomli norozilik namoyishlari davom etmoqda, deb xabar qilmoqda TASS nashri.
Aksiyalar bundan bir necha kun avval mamlakatning bir qator shaharlarida yoqilg`i narxining oshishiga qarshi boshlangan bo`lib, ishtirokchilarning barchasi sariq jiletlar kiyib olgan. Endi ular Parijga kirish va chiqish yo`llarini to`sib qo`yishni rejalashtirishmoqda. Ishtirokchilarning ta`kidlashicha, ular hukumatdan vaziyatni tartibga solinishni kutishmoqda. Sariq jiletlar hukumat vakillari bilan uchrashuv o`tkazilishi talab qilishmoqda.






