AsosiyJamiyat

TIV Rossiyaga ketayotgan O`zbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi

'TIV Rossiyaga ketayotgan O`zbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga ketayotgan o`zbekistonlik fuqarolarga eslatma bilan chiqdi.

Rossiya Federasiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo`yicha federal xizmati O`zbekiston tomoniga rasman tasdiqlashicha, O`zbekistondan kelayotgan yo`lovchilar bagaji va qo`l yukida o`simlik mahsulotlarini olib kelishga cheklov o`rnatilgan.

TIV xabariga ko`ra, tegishli xatda quyidagicha qayd etilgan: «O`zbekistondan kelayotgan yo`lovchilar bagaji va qo`l yukida Rossiya Federasiyasi uchun karantin ostidagi mahsulotlarda karantin ob`ektlari muntazam tarzda aniqlanayotgani munosabati bilan, Konvensiyaning VII moddasi 1a bandiga tayangan holda 2012 yil 16 apreldan e`tiboran «Rosselxoznadzor» tomonidan O`zbekistondan kelayotgan yo`lovchilar bagaji va qo`l yukida o`simlik mahsulotlarini Rossiya Federasiyasiga olib kelishga vaqtinchalik cheklov o`rnatilgan».

    Boshqa yangiliklar