AsosiyJamiyat

Prokuratura protestiga asosan ishdan bo`shatish haqidagi buyruq bekor qilindi

'Prokuratura protestiga asosan ishdan bo`shatish haqidagi buyruq bekor qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida fuqaro F.Ergashevaning “O`zagrosug`urta” aksiyadorlik jamiyati Navoiy viloyati filiali mansabdor shaxslarining harakatlaridan noroziligi haqidagi murojaati ko`rib chiqildi.

Aniqlanishicha, filial boshqaruvchisining 2018 yil 19 oktyabrdagi buyrug`iga asosan F.Ergasheva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`rganishda mazkur buyruq qonunga zid ekanligi aniqlanib, unga nisbatan protest keltirilgan va bekor qilinishi ta`minlangan.

Shuningdek, “O`zagrosug`urta” aksiyadorlik jamiyati Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi A.Quvonovga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasi bilan ma`muriy jarima jazosi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar