AsosiyJamiyat

Rossiyada O`zbekistonning yana bir bosh konsulxonasi ochildi

'Rossiyada O`zbekistonning yana bir bosh konsulxonasi ochildi'ning rasmi

Prezident qarori bilan Rostov-Don shahrida (Rossiya Federasiyasi) O`zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi, deya xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.

Bosh konsulxona O`zbekiston fuqarolari hamda yuridik shaxslariga sifatli konsullik-huquqiy yordam ko`rsatadi, shuningdek, mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda mehnat migrantlari bo`lib turgan davlatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlarida ko`maklashadi.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligiga mas`ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonani konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish va mehnat migrantlari masalalari bo`yicha mutaxassislar bilan to`ldirish vazifasi topshirildi.

    Boshqa yangiliklar