AsosiySport

Taekvondochilarimiz BAAdagi Gran-Prida ishtirok etadilar

'Taekvondochilarimiz BAAdagi Gran-Prida ishtirok etadilar'ning rasmi

22-23 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WTF bo`yicha Gran-Pri turniri bo`lib o`tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan eng kuchli taekvondochilar ishtirok etadilar. Bellashuvlarda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar.

Gran-Prida O`zbekiston sharafini Dmitriy Shokin, Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulovalar himoya qiladilar.

Ma`lumot uchun, musobaqa g`olibi 6000 AQSh dollari va 80 reyting ochkosiga ega bo`ladi. Kumush medal sohibi 3000 AQSh dollari va 48 reyting ochkosi bilan mukofotlanadi. Bronza medaliga sazovor bo`lgan sportchi esa 1000 AQSh dollari va 28,8 reyting ochkosini o`z hisobiga qo`shib qo`yadi.

    Boshqa yangiliklar