O`zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalar va o`rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga jalb qilinmoqda.
Ilgiz Tantashev Yaponiya-Qirg`iziston uchrashuviga tayinlangan bo`lsa, yana bir hamyurtimiz Sherzod Qosimov bugun bo`lib o`tadigan Kuvayt-Suriya uchrashuvini boshqaradi.
Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam berishadi.
Kuvayt - Suriya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.






