AsosiyJamiyat

​Toshkentda sobiq bog`cha mudirasidan 426 mln. so`m undirildi

'​Toshkentda sobiq bog`cha mudirasidan 426 mln. so`m undirildi'ning rasmi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 2018 yilning 20 sentyabrida Shayxontohur tuman 197-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilgan.

Tekshiruv natijasiga ko`ra, 197-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslarga nisbatan 2018 yil 22 sentyabrda JKning 167-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha ta`lim vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat xodimlari tomonidan 197-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida tekshirish o`tkazilgan bo`lib, to`plangan tekshirish hujjatlari jinoyat ishi materiallariga qo`shilgan.

Tergov jarayonida davlat manfaatlariga etkazilgan 426 mln.875,5 ming so`m zarar 2018 yil 14 noyabrda muassasa sobiq mudirasi N.M. tomonidan ixtiyoriy ravishda to`liq qoplangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar