AsosiyJamiyat

Metan gazning davlat narxi qancha? Nega hududlarda har xil narxlarda sotilmoqda?

'Metan gazning davlat narxi qancha? Nega hududlarda har xil narxlarda sotilmoqda?'ning rasmi

Hududlardagi avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalarida 1m3 gazning sotilish narxi o`rganib chiqildi.

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federsiyasi tomonidan avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalaridagi 1m3 gazning sotilish narxi o`rganildi, deb yozmoqda O`zA.

Unga ko`ra:

• Qoraqalpog`iston respublikasi – 2200 so`mdan 2100 so`mgacha;

• Toshkent shahri – 2100 so`mdan;

• Toshkent viloyati – 2200 so`mdan 1900 so`mgacha;

• Andijon viloyati – 2200 so`mdan;

• Namangan viloyati – 2100 so`mdan 1690 so`mgacha;

• Farg`ona viloyati – 2200 so`mdan 1800 so`mgacha;

• Sirdaryoviloyati – 2000 so`mdan;

• Jizzax viloyati – 2000 so`mdan;

• Samarqand viloyati – 2000 so`mdan 2300 so`mgacha;

• Buxoro viloyati – 2100 so`mdan 1700 so`mgacha;

• Navoiy viloyati – 2220 so`mdan 2100 so`mgacha;

• Qashqadaryo viloyati – 2000 so`mda 2050 so`mgacha ;

• Surxondaryo viloyati – 2000 so`mdan 1650 so`mgacha;

• Xorazm viloyati – 2100 so`mdan 2300 so`mgacha;

Eng arzon avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shahobchalaridagi 1m3 gaz narxi

• Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “AGROXIZMAT AUTOGAZ” MChJda ekani aniqlandi. Ya`ni narx 1650 so`m!

Eng qimmat avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shahobchalaridagi 1m3 gaz narxi

• 2300 so`mdan. Bu naxr Samarqand (Ishtixon va Pastarg`om tumanlarida) hamda Xorazm viloyatlarida (Xozarasp tumandagi Xorazm avto gaz MChJ)da aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar