2018 yilning 21-24 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Bryussel shahrida bo`ladi.
TIV xabariga ko`ra, O`zbekiston delegasiyasi "O`zbekiston – Evropa ittifoqi" Hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida, "Evroittifoq – Markaziy Osiyo" mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Bryussel shahrida EIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy komissari Federika Mogerini, EIga raislik qilayotgan Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knyaysel, Belgiya tashqi ishlar vaziri Dide Reynders va boshqa rasmiy shaxslar bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazilishi rejalashtirilgan.






