BBC 2018 yilda dunyodagi 100 nafar eng nufuzli ayollar ro`yxatini e`lon qildi.
Unda Samarqand davlat universiteti o`qituvchisi, "Flamingo" talabalar klubi rahbari va O`zbekiston Qushlarni himoya qilish jamiyati a`zosi Laylo Belyalova ham o`rin oldi.
"Laylo O`zbekistonning tog` ekotizimlari biologik xilma-xilligini saqlab qolish ustida ishlayotgan va turli xil qushlarni, shu jumladan, yirtqichlarni himoya qiluvchi universitet o`qituvchisi", - ta`kidlab o`tishgan BBC ekspertlari.






