AsosiyJamiyat

Jujanna Yakab: Ikki yil ichida tibbiyotni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat qabul qilinishi dunyoning bironta davlatida kuzatilmagan

'Jujanna Yakab: Ikki yil ichida tibbiyotni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat qabul qilinishi dunyoning bironta davlatida kuzatilmagan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Do`stona ruhda o`tgan muloqotda mamlakatimizda tibbiyot sohasida yuz berayotgan o`zgarishlar, shuningdek, o`zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida ko`plab imkoniyatlar mavjudligiga e`tibor qaratildi.

Jumladan, Alisher Shodmonov yurtimizda so`nggi yillarda sog`liqni saqlash tizimidagi ijobiy o`zgarishlar, aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatining oshib borayotgani, sohada qabul qilinayotgan me`yoriy hujjatlar, istiqboldagi reja va dasturlar haqida atroflicha ma`lumot berdi.

photo5447479091247819243.jpg

– Mamlakatingizdagi tibbiyot sohasiga oid o`zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. E`tiborli tomoni, dunyoning bironta davlatida kuzatilmagan holat, so`nggi ikki yil ichida sog`liqni saqlashni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat imzolanganidir, – deydi Jujanna Yakab. – Tibbiyot tizimini isloh qilish bo`yicha 2025 yilgacha mo`ljallangan 7 yillik rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ham atroflicha o`rganib, takliflarimizni berdik. Ishonamanki, dunyo davlatlarining eng ilg`or tajribalarini o`zida uyg`unlashtirgan ushbu konsepsiya tizimni yanada rivojlantirish, aholi salomatligini asrash barobarida, soha xodimlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash imkonini ham beradi.

photo5447479091247819244.jpg

Eslatib o`tamiz, ertaga O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida O`zbekistonda sog`liqni saqlashni isloh qilish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakabning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar