AsosiyJinoyat

Yangiyo`lda chetga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Yangiyo`lda chetga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatida chetga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbot xizmati xabar berdi.

Departamentning Yangiyo`l shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar I. va N.lar 2012-2013 yillarda fuqarolar R.U va E.S.larni aldab, Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishni va`da qilib, ulardan jami 10.500 AQSh dollarini olib, shundan 2.100 AQSh dollarini qaytarib, qolgan 8.400 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`zlarning shaxsiy ehtiyojlariga ishlatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar I. va N.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar