AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidentining sovg`asi Afg`onistonga topshirildi

'O`zbekiston Prezidentining sovg`asi Afg`onistonga topshirildi'ning rasmi

Kobul shahrida O`zbekiston Prezidenti nomidan O`zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 ta avtobusni Afg`oniston Oliy ta`lim vazirligiga topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakat rahbarining afg`on xalqiga tuhfasini O`zbekiston elchisi Yodgorxo`ja Shodmonov topshirdi.

Marosimda so`zga chiqqan vazirlik va idoralarning rasmiy vakillari barcha sohalardagi Afg`oniston – O`zbekiston munosabatlarining sezilarli darajada faollashganini, bu, avvalo, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan ochiqlik va qo`shni Afg`oniston bilan do`stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan siyosat bilan chambarchas bog`liqligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy ta`lim vaziri Najibulla Xo`ja Umariy O`zbekiston Prezidentiga afg`on xalqiga qilingan muhim sovga uchun chuqur minnatdorchilik izhor etdi va ushbu hodisa O`zbekistonning Afg`oniston xalqiga birodarlarcha munosabatining yorqin namunasi ekanligini qayd etdi.

Moliya vaziri o`rinbosari Abdulla Raqibiy Afg`onistonda urush davom etayotganligiga qaramay ikki davlat o`rtasida kelajakda hamkorlikning sezilarli istiqbollari mavjudligini e`tirof etdi.

    Boshqa yangiliklar