O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2018 yilning 9 noyabr kuni sog`liqni saqlash masalalariga bag`ishlab o`tkazilgan videoselektor yig`ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida Buxoro tibbiyot institutiga Qashqadaryo viloyatidan 50 nafar abiturient o`qishga qabul qilinadi.
Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bunda 2018/2019 o`quv yilida respublika tibbiyot oliy ta`lim muassasalariga “5510100-Davolash ishi”, “555510200-Pediatriya ishi” ta`lim yo`nalishlari bo`yicha hujjat topshirgan,
kirish test sinovlarida ishtirok etib belgilangan kvota asosida o`qishga kira olmagan va kirish test sinovlarida maksimal ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam bo`lmagan natijaga erishgan,
Qashqadaryo viloyatida doimiy yashovchi (qabul vaqtidagi yashash joyi asosida) abiturientlar tarkibidan ballar ketma ketligini qat`iy hisobga olgan holda jami 50 nafar abiturient, 25 nafar davlat granti va 25 nafar to`lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.
Ushbu abiturientlar bakalavriat ta`lim yo`nalishini tugatishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari etishmayotgan tumanlarda besh yillik ishlab berish sharti bilan o`qishga qabul qilinadi.






