AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor ovozli piyodalar yo`lakchasi qurildi (foto)

'O`zbekistonda ilk bor ovozli piyodalar yo`lakchasi qurildi (foto)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Mustaqillik” ko`chasida yangi innovasion loyiha asosida “Xavfsiz piyodalar yo`lakchasi” qurildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ushbu piyodalar yo`lakchasiga 50 va 30 metr etmasdan shovqin chiqaruvchi gorizontal palasalar barpo etilgan. Buning uchun yo`l qoplamasi 0,5 santimetr qalinlikda qirib olinib, sariq rangli ko`ndalang qoplama qoplangan bo`lib, ular haydovchining sergakligini oshirish bilan birga yo`lakchaga yaqinlashayotganidan ogoh etadi. Shuningdek, maxsus qurilmalar piyoda yo`lakka kirishi bilan ishga tushib, o`ta sezgir detektorlar yordamida yo`lakka piyoda kirayotganligi to`g`risidagi ogohlik signalini harakatlanayotgan piyoda tasviri aks etgan yo`l belgisiga uzatadi. Hamda piyoda yo`lakchadan o`tayotganida o`ta sezgir detektorlar yordamida mayin tovushda “piyodalar diqqatiga, eshitish va qo`l telefonlaridan foydalanmang” deb yo`lakchadan o`tayotgan piyodalarni qo`l telefonidan foydalanmaslikka undaydi. Ushbu signal haydovchilarni yo`lakchada piyoda harakatlanayotganidan ogoh etadi.

Ana innovasiya!  O`zbekistonda ilk bor ovozli piyodalar yo`lakchasi qurildi (FOTO)

Bundan tashqari yo`lakchada uzoqdan ko`rinib turadigan orgplastik shisha materialdan tayyorlangan vertikal yo`naltirgich o`rnatilgan bo`lib, tunda yorug`lik tarqatadigan svetodiod ham joylashtirilgan. Yo`lning qatnov qismiga chiqish joyida ikkitadan, piyodalar yo`lakchasida esa 4 tadan vertikal yo`naltirgich qo`yilgan.

Yashil yoritgichlar piyodalarga yo`nalishni ko`rsatadi. Vertikal yo`naltirgichlar yo`lni kesib o`tmoqchi bo`lgan piyodalarga o`tish nuqtasi haqida axborot beradi. Kunduzgi va tungi vaqtlarda piyoda va haydovchilarga yaxshi ko`rinib turadi.

    Boshqa yangiliklar