Camarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo`shma korxonaga tamal toshi qo`yildi, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov amalga oshirilayotgan loyihaning istiqbolli kelajagi va undan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi. Xitoyning “GANSU HENGYA CEMENT Co LTD” kompaniyasi bosh direktori Chjay Vanmin davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik samarasi bo`lgan ushbu korxona har ikki tomon uchun ham manfaatli bo`lishini e`tirof etdi.


Loyiha qiymati 420 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan mazkur loyihaning amalga oshirilishi bilan bu erda yiliga 2,4 million tonna sement ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Zavod qurilishining birinchi bosqichi 2018-2020 yillarda amalga oshiriladi va bu bosqichda 220 million AQSh dollari miqdoridagi investisiya hisobiga yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega dastlabki blok ishga tushiriladi.

Ikkinchi bosqich 2020-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha yakunlangach mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratiladi.






