AsosiyJamiyat

O`zEOAVMAning 15 yilligi munosabati bilan xalqaro media-festival o`tkaziladi

'O`zEOAVMAning  15 yilligi munosabati bilan xalqaro media-festival o`tkaziladi 'ning rasmi

21 noyabr kuni «Media-xol NAESMI» (“Zarafshon” konsert zali)da O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tashkil etilganligining 15 yilligiga bag`ishlab "O`zbekiston nodavlat ommaviy axborot vositalari: kelajak chaqiriqlari va rivojlanish istiqbollari" mavzuida xalqaro konferensiya, Yoshlar Media-forumi hamda "Ozod yurt to`lqinlari" XI an`anaviy media-festivali o`tkaziladi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, O`zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbar hamda vakillari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari, O`zEOAVMAga a`zo 50dan ortiq nodavlat teleradiostansiyalar direktor, bosh muharrir hamda ijodiy xodimlari ishtirok etadi.

"O`zbekiston nodavlat ommaviy axborot vositalari: kelajak chaqiriqlari va rivojlanish istiqbollari" mavzuidagi xalqaro konferensiya nodavlat ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini mustahkamlash, ularning erkin va samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, shuningdek, demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurilishidagi rolini muhokama qilish, ushbu masalalar bo`yicha tajriba almashish hamda bu borada taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.

Konferensiya ishi 6 ta sessiyada ko`rib chiqiladi. Anjumanda "Bolalarni tarbiyalash va ularning rivojlanishdagi OAVning keng ko`lamdagi faoliyati", "Mustaqil jurnalistikaning rivojlanishi: O`zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot", "OAV, hukumat va fuqarolik jamiyati manfaatlarini ta`minlashdagi o`zaro uyg`unlik", "Parlament komissiyasi fuqarolik jamiyati institutlarini qo`llab-quvvatlash vositasi", "Xalqaro media standartlarning asoslari. Germaniya tajribasi", O`zEOAVMA hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligi natijalariga oid masalalar muhokama etiladi.

    Boshqa yangiliklar