AsosiyJamiyat

Jizzaxda hokimlik binosida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi

'Jizzaxda hokimlik binosida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi'ning rasmi

MIB Jizzax shahar bo`limi tezkor xodimlari tomonidan shaharning Sayiljoyi mahallasi, Sharof Rashidov shohko`chasida joylashgan Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalanish boshqarmasiga tegishli bino ko`zdan kechirildi.

Ushbu jarayonda mazkur boshqarma rahbari F.U. bino tomonidan iste`mol qilingan elektr energiyasini hisoblash uskunasi ko`rsatkichini sun`iy ravishda to`xtatish maqsadida tok transformatorlariga kelgan uch dona simni uzib, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida elektr ta`minoti korxonasi manfaatiga 122 million 845 ming so`m miqdorda zarar etkazganligi aniqlandi.

Mansabdor shaxs ushbu harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismidagi jinoyatni sodir etgan.

Boshqarma rahbari qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirib, 30 kunlik muddat ichida etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplagani hamda jinoyat oqibatlarini bartaraf etganligi uchun jinoyat ishi qo`zg`atishlik rad etildi.

    Boshqa yangiliklar